Lexus kompaniyasi o‘zining LC 500 sportkarini gibrid modifikatsiyasiga o‘tkazilgani suratlarini e'lon qildi. Mazkur yangi modelning namoyishi martda Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tish kutilmoqda.
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 3,5 litrli 308 ot kuchiga ega V6 dvigateli va 217 kuchdagi elektromotor o‘rnatiladi. Agregatning umumiy ot kuchi 470ni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.
Qayd qilinishicha, xuddi shu tartibda tuzilma LS turkumidagi sedanlarning yangi modeliga 2017 yildan boshlab o‘rnatilishi rejalashtirilgan.