Kelin va kuyov raqsi endi “Dejavyu”

Jamiyat 12:05 / 15.02.2016 13031

Yaqin kunlardan boshlab nikoh marosimidagi eng hayajonli damlar - kelin va kuyov raqsi “dejavyu”, deb atala boshlansa ajab emas.
14 fevral kuni premerasi bo‘lgan “Dejavyu” qo‘shig‘i bunga sababdir.
Qo‘shiqni estrada yo‘nalishida san'at olamiga kirib kelayotgan xonanda Kamilla ijro etgan.
Mazkur qo‘shiq kelin va kuyov raqsiga tuhfa sifatida taqdim etilmoqda. Har bir inson baxtdan sarxush paytda ushbu tarona unga hamohang bo‘lishi uchun qo‘shiq ijodkorlari: bastakor Pavel Uporov va shoira Madina Siddiqova hamkorlik qilishdi.
Yaqin kunlarda esa biz “Dejavyu” qo‘shig‘iga Jasur Shametov tomonidan suratga olingan klipni ham tomosha qilishimiz mumkin bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: