Saudiyalik kelin to‘yidan bir necha kun avval uzun sochlarini kaltalatib, bu haqida bo‘lajak kuyovga telefon orqali ma'lum qildi. Bundan xursand bo‘lish o‘rniga kuyov u bilan ajrashishini ma'lum qildi.
Ismi ma'lum qilinmagan kelinga sartarosh bunday chiroyli sochlarni kaltalatmaslikni maslahat bergan, biroq u sochlar parvarishidan charaganini aytgan. Bo‘lajak kelinga ko‘rinishi juda kalta bo‘lgan soch turmagi tanlangan.
Yangilikni eshitgan zahoti kuyov juda xafa bo‘lgan. U qizga kesilgan sochlarini plastik xaltachaga solib, suvenir sifatida o‘ziga yuborishini so‘ragan. Bo‘lajak kuyov uzun sochli qizga uylanish orzusi bo‘lgani, endilikda bu qiz uning orzusidagi rafiqa emasligini bildirgan.