ATB «Hamkorbank»ning yuridik shaxslar bilan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotlarini to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi Markaziy banki saytida xabar berilgan.
"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan valyutani tartibga solishga doir qonunchilik talablarini buzganligi sababli ATB «Hamkorbank»ning yuridik shaxslar bilan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotlarini 6 oy muddatga to‘xtatilganligini ma'lum qiladi", deyiladi xabarda.
Bu qarorning qabul qilinishiga sabab bo‘lgan qoidabuzarlik aniq keltirilmagan.
ATB «Hamkorbank» 1991 yilda tashkil etilgan. Bank aksiyadorlari Xalqaro Moliya korporatsiyasi (IFC) va Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) hisoblanadi.