AQSh biznesi yarim asr davomida birinchi marta Kubaga qaytmoqda

Iqtisodiyot 21:24 / 15.02.2016 4476

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Kuba inqilobi zamonlaridan beri bu davlatda birinchi AQSh korxonasi qurilishini kelishib oldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Alabama shtatidagi kompaniya Kubada kichik traktorlarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi, bu traktorlar kubalik xususiy fermerlarga sotiladi. Yiliga mingta traktor ishlab chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Ta'kidlanishicha, Kuba hukumati bu loyihani katta mamnuniyat bilan qabul qildi. Kompaniya Kubada quriladigan yig‘ish sexini 2017 yilning 1-choragida ishga tushirishni mo‘ljallamoqda.

Avvalroq Barak Obamaning Kubaga tarixiy safariga tayyorgarchilik ketayotgani, biroq u Zika virusining tarqalishi sababli barbod bo‘lishi xavfi ostida turgani ma'lum qilingandi. Obamaning o‘zi esa prezidentlik muddati tugagungcha Kubaga tashrif buyurishni juda istashini aygandi.

Ko‘proq yangiliklar: