Xitoyda Zika virusi bilan kasallangan birinchi bemor tuzaldi

Jahon 19:59 / 14.02.2016 2859

Xitoyning Zika virusi bilan kasallangan birinchi fuqarosi shifoxonadan chiqarib yuborildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.

Bezgak alomatlari Tszyansi viloyatida yashovchi 34 yoshli erkakda Venesuelaga borib kelgandan keyin aniqlangandi. U 6 fevraldan beri shifoxonada davolanayotgandi.

Shifokorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, bu kunlar ichida erkak davolash kursidan keyin to‘liq tiklandi. Unda Zika virusi mavjudligiga o‘tkazilgan tegishli sinovlar salbiy chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: