Saudiya Arabistoni Bashar Asadni harbiy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlatishga tayyorligini ma'lum qildi

Jahon 09:45 / 14.02.2016 7032

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr CNN telekanaliga bergan intervyusida Suriyadagi siyosiy vaziyatni siyosiy yo‘l bilan tuzatishga Bashar Asadning xalaqit qilayotgani haqida aytib o‘tdi.

"Mening taxminimcha, Bashar Asad kuchsizlangan va uning davri o‘tgan", deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga Asadni o‘z qo‘shinlari qutqarib qola olmasligi ayonlashgach, Iroq va Eron yordamga keldi, lekin ular ham Asadning Suriyadagi nazoratni o‘z qo‘liga qaytarishi uchun yetarli bo‘lmadi.

"Shundan keyin Asad Rossiyaga yordam so‘rab yuzlandi, lekin ruslar ham uni qutqara olishmayapti.

Mamlakatning bunday ahvolga tushishiga bosh aybdor bo‘lgan insonga uning kelajagida o‘rin yo‘q", deydi saudiyalik vazir.

"Bashar Asad ketadi. Bunga shubham yo‘q. Agar u siyosiy muzokaralar orqali ketmasa, harbiy kuch bilan ketkaziladi. Suriya xalqi uni davlat rahbari sifatida ko‘rishni istamayapti", deydi al-Jubayr.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Suriyaga quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborishga tayyor. Uning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni Suriyada AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyadan mustaqil ravishda harakat qilishni rejalashtirgan.

OAV: Saudiya Arabistoni Turkiyadagi harbiy bazaga 20ta harbiy samolyotini joylashtirdi

Saudiya Arabistoni Suriya yaqinidagi turk bazasiga qiruvchi samolyotlari kelganini tasdiqladi

Ko‘proq yangiliklar: