Kanadada havo harorati 50 daraja sovuqqa tushib ketdi. Mamlakatning markaziy va sharqiy hududlariga ekstremal sovuq haroratlar keldi, deb xabar bermoqdalar mahalliy ob-havo mutaxassislari.
Kanada poytaxti Ottavada termometr ko‘rsatkichi 32 darajalik sovuqni ko‘rsatmoqda. Ontario va Manitoba viloyatlarida havo harorati 50 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Bunday sovuq harorat ikki kun hukm suradi. Shu sababli ochiq havoda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha tadbirlar bekor qilindi.