"Toyota" Tacoma yo‘ltanlamas pikapini namoyish qildi

Fan-texnika 01:35 / 13.02.2016 4923

Toyota kompaniyasi Tacoma pikapining yangi modifikatsiyasi – TRD Pro‘ni namoyish qildi. Shu tariqa, kompaniyaning eng kuchli yo‘ltanlamaslari modellar qatori uchta modelga yetdi. Avval unga Tundra va 4Runner moddelari kirgandi. Yangi mashina Chikago avtosalonida namoyish qilindi.

Model 3,5 litrli, 6 silindrli benzinli dvigatel bilan jihozlangan, uning quvvati 281 ot kuchi va 360 Nm aylanish lahzasini tashkil qiladi. Dvigatel 6 pog‘onali mexanik yoki avtomatik uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi.

Yangi "Takoma"ning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar Goodear Wrangler All-Terrain Kevlar pokrishkali 16 dyuymli g‘ildirak disklari, kuzov oldi qismining alyuminiydan ishlangan himoya elementlari, yorug‘lik-diodli tumanga qarshi faralar, orqa va old optikaning qora hoshiya bilan o‘rab chiqilgani, TRD Pro shildiklarini o‘z ichiga oladi. 

Texnik o‘zgarishlar esa  FOX amortizatorlari va TRD prujinalaridan tashkil qopgan.

Mashina ichida qora charm bilan ishlangan o‘rindiqlar va ko‘p funksiyali rul chambari, Entune audiotizimi, uzatmalar qutisi selektori va TRD gilamchalari paydo bo‘ldi.

AQShda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladigan yangi model 2016 yil kuzida sotuvga chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: