Telegram telefonni quloq yaqiniga olib kelib ovozli xabarlarni eshitish imkonini yaratdi

Fan-texnika 17:30 / 13.02.2016 7743

Mashhur messenjerlardan biri bo‘lgan Telegram yangi versiyasida bir qator o‘zgarishlar taqdim etdi. Endi ovozli xabarlarni eshitish va ularni yozish uchun telefonni quloqqa yaqin tutish kifoya bo‘ladi. Bundan tashqari ovozli xabarlarni ilovadan chiqqan holatda ham eshitish imkoni kiritildi.

Sirli chatda havolalarni ilova ichida ko‘ra olish, inlayn-bot va boshqa yangiliklar paydo bo‘ldi. Shuningdek, ma'lum bir foydalanuvchilarga sizni guruhlarga taklif qilishni man qilish imkoni qo‘shildi.

Ko‘proq yangiliklar: