Tayvandagi zilzila qurbonlari soni 108 kishiga yetdi

Jahon 09:47 / 13.02.2016 2821

Tayvanning janubiy qismida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 108 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda MDR Info nashri.

Qutqaruv markazi ma'lumotlariga ko‘ra, yana 9 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turibdi va ehtimol vayronalar ostida qolayotgan bo‘lishlari mumkin.

Tayvanning janubidagi Taynan shahrida zilzila oqibatida 17-qavatli turar-joy binosi butkul qulab tushgandi. Uning ostida 200 dan 300 kishigacha qolib ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: