Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan, asli amerikalik bokschi Roy Jons muxlislardan biri bilan jang o‘tkazadi. Bu haqda CBS Sports xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, g‘alaba qozonsa, bokschi 100 ming dollarga ega chiqadi.
Bu jangning ikkinchi ishtirokchisi nomi hali aniqlanmagan, ayni vaqtda bu borada internetda tanlov e'lon qilingan. Da'vogarlar internetga o‘zining boks bo‘ycha mahorati tasvirlangan 90 soniyalik videoni joylashtirishi kerak bo‘ladi va keyin ulardan biri tanlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Roy Jons 2015 yilning sentabr oyida Rossiya fuqaroligini olgandi.
12 dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan oxirgi jangida esa britaniyalik Entso Makkarinelliga to‘rtinchi raundda texnik nokautga uchrab mag‘lub bo‘lgan.