14 fevral kuni soat 14:00dan boshlab oliy oliy ta'lim muassasalarining talabalaridan iborat Tashabbuskor yoshlar klubi tomonidan tashkil etilayotgan aksiya o‘tkaziladi.
Shu kuni o‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari buyuk mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga atalgan #BoburDay heshtegini dunyo trendiga olib chiqishga harakat qilishadi.
Ushbu aksiyada barcha ijtimoiy tarmoq faollari #BoburDay yozuvini qo‘llagan holda post qoldirib, o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishi mumkin.
Ularga o‘zbek estradasi, kino san'atining yorqin vakillari hamda shou-biznesning boshqa vakillari ham yaqindan yordam berishni va'da qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yoshlar 9 fevral kuni Twitter mikroblogida yana bir buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy tavalludiga atalgan #Navoiy575 heshtegini dunyo trendiga olib chiqishga erishgan edi.