Ostonada Markaziy Osiyoda eng baland bo‘lishi kutilgan binoda yong‘in chiqdi

Jahon 07:30 / 13.02.2016 9287

Qozog‘iston poytaxti Ostonada qurilayotgan "Abu-Dabi Plaza" majmuasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imanqulov RIA “Novosti” axborot agentligiga ma'lum qildi.   

Ushbu inshoot qurilishi yakunlangandan keyin Markaziy Osiyodagi eng baland binoga aylanishi kerak.

Imanqulovning aytishicha, o‘t o‘chirish xizmatiga yong‘in haqidagi xabar 13 fevral mahalliy vaqt bilan soat 04.40 da kelib tushgan. 10 minutdan keyin o‘t o‘chiruvchilar yong‘in joyida bo‘lganlar va uni o‘chirishni boshlashgan. Yong‘inni o‘chirishda 60 nafar o‘t o‘chiruvchi va 17 ta texnika birligi ishlamoqda.

"Yangi qurilayotgan "Abu-Dabi Plaza" binosida 25-qavatda opalubkalar yonmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gaz ballonlari portlagan", deb aytdi Imanqulov. Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan fotosuratlarga ko‘ra, yong‘in binoning bir necha qavatini qurshab olishga ulgurgan. 

Ayni vaqtda jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Yangi binoning balandligi loyiha bo‘yicha 380 metrdan ko‘proqni tashkil qilishi kerak. Taqqoslash uchun, Ostankino teleminorasining balandligi 540 metrni, "Moskva-Siti" majmuasining eng baland minorasi ("Federatsiya. Vostok") 374 metrni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: