OAV: shahzoda Uilyamning rafiqasi Keyt Middlton egizaklarga homilador

Jahon 00:35 / 13.02.2016 3985

Xorijiy OAVlar shahzoda Uilyamning rafiqasi  Keyt Middlton ko‘zi yoriganiga hali bir yil bo‘lmasdan yana homilador ekanligi haqidagi xabarni ma'lum qilishdi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, qirollik oilasi egizak farzand kutmoqda. Bu haqda aceshowbiz xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Keyt ikki nafar qiz ko‘rishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Keytning navbatdagi homiladorligi haqida 4 fevralda ma'lum bo‘ldi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Kembrij gersoginyasi 2 oylik homilaga ega. Bu esa Britaniya taxtining yangi vorislari sentabr oyida dunyoga kelishini anglatadi.

Shuningdek, Keyt uchinchi homiladorligini uncha yaxshi o‘tkazmayotgani aytilmoqda. Shu sababli uning rasmiy tadbirlarda ishtirok etishi jadvaliga muntazam ravishda tuzatishlar kiritib borilmoqda, bu esa bir qator qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Ma'lumki, Keyt va Uilyamning hozirda ikki farzandi – bir o‘g‘il va bir qizi bor. Keyt qizini 2015 yilning 2 mayida dunyoga keltirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: