Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib dengizi havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi FIFA prezidentligi uchun saylovda nomzodlarning hech birini qo‘llab-quvvatlamoqchi emas. Bu haqda World Football Insider nashri xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, tashkilot tarkibidagi har bir davlat alohida ravishda o‘z tanlovini amalga oshirishi mumkin.
FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylov OFK rahbari Shayx Salmon, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, FIFAning sobiq Bosh kotibi o‘rinbosari Jyerom Shampan hamda Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn ishtirok etadi. Saylov 26 fevral kuni Shveytsariyaning Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tadi.