Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev aprel oxirida Eronga rasmiy safar uyushtiradi. Bu haqda Qozog‘istonning investitsiyaar va rivojlanish vazirligi rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Nazarboyevning bo‘lajak safari detallarini Eron hukumatining birinchi shaxslari bilan Qozog‘istonning investitsiyaar va rivojlanish vaziri Aset Isekeshev Eronga safari davomida muhokama qildi.
Isekeshev safar davomida Eronning fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Surna Sattoriy, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif, sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Rizo Zarif, qishloq xo‘jaligi vaziri Mahmud Xo‘jatiy hamda turli tarmoqlarda faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi.
Eron vitse-prezidenti Surna Sattoriy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, startaplarni rivojlantirish, koinot sohasida hamkorlikni mustahkamlash istagi borligiga e'tiborni qaratdi.
Tomonlar bir necha yo‘nalish, jumladan savdo va investitsiyalar bo‘yicha ishlarni faollashtirish haqida kelishib oldilar. Bu maqsadda metallurgiya, oziq-ovqat, mashinasozlik, sayyohlik va moliya sohalarida 6 ta ishchi guruh tashkil etiladi.
Bundan tashqari, uchrashuvda aviareyslar sonini oshirish, ikki davlat banklari o‘rtasida o‘zaro to‘lovlarni xorijiy valyutada o‘tkazish, viza tartibini yengallashtirish masalalari ko‘tarildi.