Meksikaning markaziy qismidagi Puebla-Orisaba trassasida kamida 10 avtomobil ishtirokida yirik avtohalokat yuz berdi, deb xabar bermoqda mamlakat qutqaruv xizmatlarining norasmiy ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda La Jornada nashri.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, yana 40 kishi jarohat olgan.
Guvohlarning aytishicha, avtohalokat yo‘lovchi avtobusi spirtsiz ichimliklar olib ketayotgan yuk mashinasiga urilishidan boshlangan. Bunday keyin yana bir nechta to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Yo‘lovchilar tark etishga ulgurmagan ba'zi shikastlangan mashinalar va avtobus yonib ketgan.
Ayni vaqtda voqea joyida qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va harbiylar ish olib borishmoqda.