Rossiyaning Kaliningrad shahrida Uzun kolbasa degan o‘rta asr bayrami nishonlandi, deb xabar beradi TASS agentligi.
Tadbir mehmonlariga taqdim etilgan asosiy taom 300 m uzunlikdagi 320 kg vaznga ega ulkan kolbasa bo‘ldi. Tadbir Jahon okeani muzeyi tomonidan tashkil qilindi.
“An'anaviy liboslardagi 14 erkak 300 m li kolbasani muzey hududidan olib o‘tdi”, - deb xabar beradi idoraning matbuot xizmati.
Kolbasa siri fosh etilmayotgan maxsus retsept bo‘yicha pishirilgani aytilmoqda.