AQSh Shimoliy Koreya tomonidan yaqinda uchirilgan raketaga javoban Janubiy Koreyada uchta qo‘shimcha Patriot zenit-raketa majmuasini joylashtirdi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.
AQSh Qurolli kuchlarining Janubiy Koreyadagi harbiy qo‘mondonligi vakillarining aytishicha, Osandagi bazada zenit-raketa majmualarining joylashtirilishi Shimoliy Koreya tomonidan sun'iy yo‘ldosh uchirilishiga javoban o‘tkazilgan.
Ta'kidlanishicha, AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy qo‘mondonligi mamlakat hukumati bilan majmualarni joylashtirish masalasi bo‘yicha yaqindan aloqa qilgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, majmualar Texasdan olib kelingan.