«Inter»ning qarzlari 417 mln yevroni tashkil qilmoqda

Sport 08:57 / 13.02.2016 2539

Italiyaning «Inter» jamoasi xo‘jayini Erik Tohir klubning moliyaviy holatini yaxshilash uchun xitoylik investorlarni jalb qilishga urinib ko‘radi.

Indoneziyalik bu biznesmen o‘z yordamchilariga jamoani moliyalashtirishga tayyor bo‘lgan minoritar aksionerni topish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, ayni paytda "nerazzurilar"ning qarzi 417 million yevroni tashkil etadi.

2015 yilning 30 iyuni holatiga ko‘ra «Inter» Goldman Sachs bankiga 230 million yevro qarz edi. Shundan 108 million yevroni Erik Tohirning o‘zi klubga bergandi. Shuningdek, bu miqdorning 68 mln yevrolik qismi yetkazib beruvchilardan, 11 mln yevrolik qismi esa boshqa jamolardan qarz hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, 2014-15 yillar mavsumda milanliklar klubi zarari 140 million yevro bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: