Hindistonning Rifle Factory Ishapore kompaniyasi 250 gramm og‘irlikdagi kichik kalibrli revolver ishlab chiqardi. Mualliflarning ta'kidlashicha, bu qurol o‘z toifasidagi eng yengil revolver hisoblanadi.
Revolver alyuminli qotishmadan tayyorlangan. Kompaniyadagilarning ishonch bildirishicha, bu metallning pishiqligi po‘latnikidan kam emas.
Nidar nomini olgan bu revolver uzunligi 14 santimetrni tashkil qiladi va uning stvoli uzunligi 4 sm. Uning barabaniga 22 kalibrli 8ta patron joylash mumkin. Quroldan uzog‘i bilan 7 metr masofadan turib foydalanish tavsiya etilgan.
Revolver narxi 512 dollar atrofida ekani aytilgan. U birinchi navbatda ayollar uchun ishlab chiqarilgani aytilgan.