Eron va Saudiya Arabistoni Suriya va Yaqin Sharqdagi barqarorlik uchun munosabatlaridagi kenskinlikni yengib o‘tishlari lozim, deb aytdi Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz birga ishlashimiz kerak", deb aytdi Zarif Myunxenda bo‘lib o‘tayotgan xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferensiyada.
Zarifning aytishicha, ikkila tomon mintaqaviy muammolarni hal qilishda bir-birlarining manfaatlarini inkor eta olmaydilar.
"Biz Saudiya Arabistoni bilan ishlashga tayyormiz. Mening fikrimcha, Eron va Saudiya Arabistoni Suriya bo‘yicha umumiy to‘xtamga kela olishlari mumkin", deb aytdi Zarif.