Chovusho‘g‘li: Saudiyaning IShIDga qarshi yer usti operatsiyasi o‘tkazish borasida aniq rejasi yo‘q

Jahon 17:23 / 13.02.2016 3469

Saudiya Arabistonining IShIDga qarshi Suriyada yer usti operatsiyasi o‘tkazish borasida aniq rejasi yo‘q, deb bayonot berdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li.

Uning so‘zlariga qaraganda, IShIDni butunlay yo‘q qilish uchun unga qarshi kompleks strategiya ishlab chiqish va yer usti operatsiyasi o‘tkazish lozim.

“Saudiyaning harbiy vakillari Injirlik bazasiga kelib, razvedka o‘tkazib ketishdi”, - deb xabar qildi u Yeni Şafak nashriga bergan intervyusida.

“Ular samolyotlarini yubormoqda, lekin ularning aniq soni noma'lum, - so‘zida davom etdi diplomat. – Lekin Saudiya Arabistoni quruqlik qo‘shinlarini ham yuborishga tayyorligini aytmoqda”.

Ko‘proq yangiliklar: