Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatga Saudiya Arabistoni va Turkiya qo‘shinlarining bostirib kirishi xavfi borligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Asadning aytishicha, Halab uchun jang Turkiyaga yo‘lni kesib qo‘yish uchun yo‘naltirilgan.
Asad, shuningdek, bir vaqtning o‘zida ham tinchlik bo‘yicha muzokaralar olib borish, ham terrorchilar bilan kurashishga tayyorligini ma'lum qildi.
Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligida Turkiya-Suriya chegarasida amalga oshirilayotgan harakatlar Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan darak berayotgani aytilgandi.