Florida shtatining Seminole shahrida yashovchi 43 yoshli Martin Alan Shnittsler sudda Parijdagi teraktlardan keyin ikkita masjidni portlatish bilan tahdid qilganini tan oldi, deb xabar bermoqda AQSh Adliya vazirligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Shnittsler diniy toqatsizlikda ayblandi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil 13 noyabrda u ikkita mahalliy islom jamoati telefoniga masjidlarni portlatish va ibodat qilgani kelganlarni otish tahdidlari bilan qo‘ng‘iroq qilgan. Erkakning aytishicha, u qo‘ng‘iroq paytida Parijdagi teraktlar uchun o‘ch olishga va'da berishini aytgan.
Shnittsler sud yig‘ilishi davomida o‘z aybini tan oldi. Unga 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin, biroq ehtimol u kamroq jazo muddati olishi mumkin.
Avvalroq AQShda musulmonlarga uyushtirilgan hujumlardan keyin mamlakatning bir necha shtatidagi masjidlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgani ma'lum qilingandi.