Apple kompaniyasi bosh rolda Doktor Dre bilan o‘z serialini suratga oladi

Jamiyat 08:54 / 13.02.2016 2127

AQShlik rep ijrochi Doktor Dre Apple kompaniyasining birinchi shaxsiy serialida bosh rolni ijro etadi va serialga prodyuserlik qiladi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter nashri.

"Vital Signs" (Asosiy ko‘rsatkichlar) deb nomlangan serial yarim avtobiografik bo‘lib, uning birinchi fasli 5 ta seriyadan iborat bo‘ladi.

Serial Apple Music xizmati orqali tarqatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: