Apple 18 mart kuni 4 dyuymlik iPhone 5se smartfoni va iPad Air 3 planshetini sotuvga chiqaradi

Fan-texnika 11:25 / 13.02.2016 3397

OAV Apple ning 4 dyuymlik smartfoni iPhone 5sE va iPad Air 3 yangi planshetining sotilish sanasini aniqladi, deb xabar beradi "Vesti, Hitech".

Yangi gadjyetlar shu yilning 15 martida taqdim qilinib, 18 martda sotuvga chiqariladi. Ma'lum bo‘lishicha, bu safar qurilmalarni oldindan buyurtma qilish imkoniyati bo‘lmaydi. 

iPhone 5sE smartfoni Apple ning yangi 4.7 va 5.5 dyuymlik iPhone 6s va iPhone 6 Plus larga qaraganda ixchamroq, lekin ishlab chiqarish bo‘yicha kuchliroq qurilmali bo‘lmoqchilar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.

Telefon 4 xil - oltin, pushti, kumush va kulrang rangda sotuvga qo‘yiladi.

iPad Air 3 plansheti esa, o‘z navbatida Apple ning bir qator yangi aksessuarlarini qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Planshet oldingi modellardan yanada sifatliroq kamera bilan farqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: