Xiddink: Bizda Zorrolardan iborat bir jamoa bor

Sport 19:38 / 12.02.2016 3721

"Chelsi" jamoasi hujumchisi Diyego Kosta Angliya chempionatining 26 turida "Nyukasl"ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulot vaqtida jarohat oldi. Bosh murabbiy Guus Xiddinkning Goal nashriga ma'lum qilishicha, Kosta yuzidan jarohat olgan va burnini sindirgan.

"Kosta mashg‘ulot vaqida jamoadoshlaridan biri bilan to‘qnashib ketib, burnini sindirib oldi. Endi uning yuziga niqob taqiladi. Umuman olganda, biz butun bir Zorro jamoasimiz", deydi murabbiy.

Jarohat olganiga qaramasdan, 27 yoshli Kosta 13 fevral kuni Londonda, Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadigan "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi aytilmoqda.

Qayd etish kerakki, bundan oldinroq jamoaning boshqa futbolchilari Sesar Aspilikueta va Nemanya Matich ham yuzidan jarohat olgani uchun o‘yinlarda niqob taqqan holda harakat qilishgandi. Shuningdek, oldingi mavsumlarda jamoada o‘ynagan Petr Chex, Fernando Torres, Demba Ba, Ramires, Ballak, Ferreyra kabi futbolchilari, hamda hozirda ham londonliklar safida o‘ynayotgan Keyxill, Terri va Sesk Fabregas kabi futbolchilar ham uzoq vaqt davomida niqob taqqan holda maydonlarga tushishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: