Venesuelada oziq-ovqat yetishmayotgani sababli favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Jahon 07:46 / 12.02.2016 3226

Venesuela parlamenti mamlakatda oziq-ovqat yetishmayotgani sababli oziq-ovqat sohasida favqulodda vaziyat e'lon qildi. TASS axborot agentligi mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, deputatlar mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyatni juda ayanchli deb baholamoqdalar. Parlament ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda oziq-ovqat sohasida hech narsa ishlab chiqarmayotgan milliylashtirilgan korxonalar soni 300 taga yetgan. Favqulodlda vaziyat kiritish taklifi muallifi bo‘lgan muholif deputat Xulio Borxes asosiy oziq-ovqat pozitsiyalari bo‘yicha defitsit 87 foizga yetganini ma'lum qildi.      

Mamlakatda yuzaga kelgan oziq-ovqat inqirozi sababli muholifat deputatlari BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti va YUNISEFga mamlakatning 30 mln lik aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash bo‘yicha xatarlarni baholash uchun mamlakatga ekspertlarni yuborish iltimosi bilan murojaaat qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: