Unay Emeri Ispaniyada yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Sport 20:03 / 12.02.2016 1653

«Sevilya» klubi bosh murabbiyi Unay Emeri yanvar oyida La Liganing eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

O‘tgan oyda ushbu 44 yoshli mutaxassis boshqaruvidagi andalusiyaliklar beshta o‘yinda jami 10 ochko (3 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat) to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi.

Bu esa 2013 yildan buyon «Sevilya» bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Emerining faoliyatidagi uchinchi shunday sovrin bo‘ldi.

Ayni damda jamoa 37 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: