Ukraina Turkiyadan 50 mln dollarlik kredit oladi

Iqtisodiyot 09:15 / 12.02.2016 2288

Ukraina Vazirlar Mahkamasi 11 fevraldagi yig‘ilishda Turkiya bilan 2016 yilda 50 mln dollarlik kredit olish bo‘yicha kredit kelishuvining imzolanishini ma'qulladi. Qarz 5 yillik muddat ichida, 2,5 foizlik stavka bilan uzilishi kerak. Bu haqda Ukraina moliya vaziri Natalya Yareskoga iqtibos keltirgan holda "Interfaks-Ukraina" axborot
agentligi ma'lum qildi.

Yaresko buni "katta yigirmatalik" davlatlari tomonidan Ukraina hukumatini qo‘llab-quvvatlash qadamlaridan biri ekanligini aytdi.

O‘z navbatida, Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 15 fevralda Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘luni kutib olishini va aynan shu uchrashuv davomida kredit kelishuvini imzolashni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: