6 fevral kuni Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 94 nafarga yetdi. CCTV telekanali xabariga ko‘ra, halokat sodir bo‘lganidan 6 kun o‘tganida 42 bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilib turibdi.
Oldinroq 60 kishining halok bo‘lgani va 559 kishining jabrlangani xabar berilgandi.
Qutqaruvchilar ko‘p qavatli bino uyumlari ostidan tirik qolganlarni topishning imkoni bo‘lmayotganini ma'lum qilgandi. Ammo shunga qaramay, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Tayvan prokuraturasi 10 fevral kuni orol janubidagi Taynan shahrida qulab tushgan "Veyguan" nomli 17 qavatli uyni qurgan Golden Dragon Building firmasi vakillarini ehtiyotsizlik tufayli o‘limga sabab bo‘lishda gumon qilib, hibsga olgan.