O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani ichki ishlar bo‘limiga shu tumanda istiqomat qiluvchi ayol shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Ma'lum bo‘lishicha, tumanning Qizil Sharq mahallasi hududida uning turmush o‘rtog‘ini ikkita ayol qo‘rqitib, "Nokia" va "SAMSUNG" rusumli qo‘l telefoni hamda hisobida 2 million 500 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘i bo‘lgan plastik kartochkasini tortib olishgan va voqea joyidan yashirinishgan.
IIV xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlaridan so‘ng, jinoyatchilar fosh etilib, mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.