AQSh Davlat kotibi Jon Kerri jurnalistlarga Suriyada hafta ichida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kiritilishini ma'lum qildi. Bunday qarorni Myunxenda Suriyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha guruh ishtirokchilari Suriya ixtilofidan chiqish yo‘llarini muhokama qilish vaqtida qabul qildilar.
Uchrashuv 4 soatdan ko‘proq davom etdi, unda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura ishtirok etdilar.
"O‘t ochishni to‘xtatish tartibi terrorchilik guruhlari deb tan olingan guruhlarga taalluqli bo‘lmaydi", deb aytdi Kerri.
Bunday guruhlarga IShID va "Jibhad an-Nusra" guruhlari kiradi.
Bundan tashqari, uchrashuvda Suriya shaharlariga insonparvarlik yordamini yetkazish masalalari kelishib olindi. Oziq-ovqat va dori-darmonlar shu haftadanoq boshlab birinchi navbatda nochor ahvoldagi, terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan qamal qilingan hududlarga yetkaziladi. Bunday yordamni birinchilardan bo‘lib Damashq aholisi oladi.
Suriyaga insonparvarlik yordami yetkazilishini Sergey Lavrov ma'lum qildi. U yuklar ham quruqlik, ham havo orqali yetkazilishini ta'kidlab o‘tdi.
"Barcha hududlarga kirishning ta'milanishiga kelishib oldik. Bunga avval qisman muholifat xalaqit berayotgan edi", deb aytdi Lavrov matbuot-anjumanda.