Shveytsariyaning eng yirik banklaridan birining aksiyalari keskin qadrsizlanib ketdi

Iqtisodiyot 08:47 / 12.02.2016 2251

Shveytsariyaning yirikligi bo‘yicha 2-raqamli banki Credit Suisse Group aksiyalari narxi 27 yillik minimum ko‘rsatkichgacha tushib ketdi, deb xabar bermoqda bank rahbari Tijian Tyamga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.

10 fevraldagi savdolar yakunida Credit Suisse aksiyalari narxi 8,4 foizga tushib, 12,31 shveysar frankida to‘xtagan. Oqibatda bank aksiyalari umumiy hisobda 43 foizga qadrsizlanib ketgan.

4 fevralda Credit Suisse 2008 yildagi jahon inqirozidan keyin birinchi marta ziyon ko‘rgani haqida hisobot bergan. Bank 2015 yilning 4-choragida avval e'lon qilingan qayta tashkillashtirish doirasida katta ko‘lamda xarajatlar qilgani sababli katta ziyon ko‘rgan.

Shu munosabat bilan bank rahbari Tijian Tyam direktorlar kengashidan uning yillik mukofot pulini qisqartirishni so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: