Shayx Salmon va Jyerom Shampan Infantinoning JCh ishtirokchilari sonini oshirish bo‘yicha taklifini tanqid qilishdi

Sport 16:30 / 12.02.2016 2608

FIFA prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Janni Infantinoning bu kurashdagi raqiblari shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa va Jyerom Shampan UYeFA Bosh kotibining jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32tadan 40tagacha oshirish bo‘yicha taklifini tanqid qilib chiqishdi.

Shayx Salmon o‘zining saylovoldi dasturini KONKAKAF mintaqasida namoyish etayotganida, gap jahon chempionati haqida ketganda taqdimot uzatilayotgan ekranda «Saylovoldi kampaniya jarayonida JCh ishtirokchilari sonini oshirishga va'da berish – bu noprofessionallik» yozuvi paydo bo‘lgan.

«Mening dasturim tashqi effektlarga bog‘lanmagan. U faktlar asosida tuzib chiqilgan. Unda masalan JCh ishtirokchilari sonini 40tagacha oshirish bo‘yicha taklifni kiritib, e'tiborni o‘ziga qaratadigan quruq gap-so‘zlar yo‘q. Biz hammamiz FIFAning eng dolzarb muammosi bu emasligini yaxshi bilamiz.

Barchaga ma'lumki, 32 terma jamoa ishtirokida jahon chempionati tashkil etishning o‘zi oson emas. Shuningdek, xalqaro taqvim ham o‘ta zich tuzilgan», – deya ta'kidlagan Shampan.

FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylov OFK rahbari Shayx Salmon, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, FIFAning sobiq Bosh kotibi o‘rinbosari Jyerom Shampan hamda Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn ishtirok etadi. Saylov 26 fevral kuni Shveytsariyaning Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: