Saudiya Arabistonida istiqomat qiluvchi 90 yoshli erkak o‘zidan 40 yoshga kichikroq ayol bilan turmush qurdi. Mahalliy matbuotda yozilishicha, nikohni uning barcha qarindoshlari ma'qullagan.
Shayx Mashan bin Harib al-Hudaybiy Makkaning sharqiy qismida to‘y uyushtirdi. Marosimda olingan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Sada gazetasining ma'lum qilishicha, suratlarni kuyovning to‘yda ishtirok etgan qarindoshlari va do‘stlari tarqatgan.