Suriyada siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirmay bu yerda IShIDni yutib bo‘lmaydi, degan fikrni bildirdi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferentsyasida.
"Suriyada biz imkonga qarab siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, 300 ming kishining o‘limi va 12 mln odamning ko‘chishiga hamda millatning barbod bo‘lishiga javobgar bo‘lgan, mintaqada ekstremistlar va terrorchilar uchun eng ko‘p jalb qiluvchi omil bo‘lib hisoblanuvchi odamni bartaraf etish maqsadida hamkorlik qilmoqdamiz. Bizning maqsad shu va biz unga erishamiz", deb aytdi al-Jubayr.
"Biz agar Suriyada tuzumni o‘zgartirmasak, IShIDni yuta olmaymiz. U bu guruhning paydo bo‘lishiga turtki berdi. U ularga hozirgidek bo‘lishlariga imkon berdi. Suriyada o‘zgarishlar bo‘lmaguncha, biz IShIDni yuta olmaymiz", deb ta'kidlab o‘tdi al-Jubayr.