Rossiya bosh vaziri xalqaro koalitsiyaning Suriyada quruqlikdagi operatsiyaga yomon tayyorgarlikda ekanligini aytdi

Jahon 08:52 / 12.02.2016 3926

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Handelsblatt nashriga bergan intervyusida AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaning Suriyada quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarligi past darajada ekanligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Quruqlikdagi har qanday operatsiya, qoida bo‘yicha, urushning cho‘zilib ketishiga olib keladi. Afg‘oniston va boshqa bir qator davlatlardagi vaziyatga bir qarang. Sho‘rlik Liviyani gapirmasam ham bo‘ladi. Quruqlikdagi operatsiya – bu unda ishtirok etayotganlarning barchasini urushga kiritishdir. Shuning uchun amerikaliklar – AQSh prezidenti ham, arab hamkorlarimiz ham ular uzluksiz urushni istaydilarmi, shuni bir o‘ylab ko‘rishsin. Ular, nima, hammani birpasda yutamiz deb o‘ylashyaptimi? Bunday bo‘lmaydi, ayniqsa arab dunyosida. U yerda hamma hammaga qarshi jang qiladi", deb aytdi Medvedev.

Medvedevning aytishicha, agar Suriyaga qo‘shin olib kirilsa, u yerdagi urush o‘nlab yillarga cho‘zilib ketishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: