Reuters: “Lukoyl” “Bashneft”ni sotib olishi mumkin

Jahon 18:20 / 12.02.2016 2967

Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi “Bashneft” davlat neft kompaniyasining ulushini sotib olishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga qaraganda, “Lukoyl” Rossiya hukumatiga murojaat qilib, aksiyalarning bir qismini xarid qilish taklifini bergan. Aktsiyalarning qanchasi sotib olinishi aniqlashtirilmagan.

“Bashneft” aksiyalariga da'vogarlar ko‘p, ular orasida “Lukoyl” ham bor”, - degan agentlik suhbatdoshi.

Ko‘proq yangiliklar: