General Motors avtokonserniga tegishli Opel brendi 2017 yilda o‘zining ilk elektromobilini taqdim etadi, deb xabar bermoqda konsern bosh direktori Meri Barrga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.
Uning aytishicha, yangi 5 o‘rindiqli avtomobil Ampera-e deb nomlandi va hamyonbop narxlarda sotiladi. Mashinaning qayta quvvatlanishsiz o‘tish yo‘li ko‘rsatkichi ko‘pchilik elektromobillarnikidan yuqoriroq bo‘ladi.
Yangi elektromobil kompaniyaning yangilangan model qatori doirasida taqdim etiladi. Taxminlarcha, elektromobil 2014 yilda paydo bo‘lgan Volkswagen kompaniyasining e-Up! va e-Golf modellariga raqobatchi bo‘ladi.
Yangi modelda uning saloni poli ostiga joylashtiriladigan yassi akkumulyator o‘rnatiladi, bu salon va yukxona uchun ko‘proq joy qoldirishga imkon beradi.