Messi faoliyatida ilk marta Primeroda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport 18:23 / 12.02.2016 3140

«Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O‘tgan oyda ko‘k-anor ranlilar jamoasi chempionatning beshta o‘yinida to‘rtta g‘alaba hamda bitta durang qayd etishdi.

Argentinalik futbolchi esa «Granada»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, «Atletik», «Atletiko» va «Malaga»jamoalari darvozalariga bittadan gol yo‘llagan.

Shu tariqa, Messi faoliyatida birinchi marta Primeroda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu sovrin esa 2013 yili joriy etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: