Janjallashmang, semirib ketasiz!

Jamiyat 10:33 / 12.02.2016 7734

Bir guruh olimlar oiladagi turli kelishmovchiliklar va doimiy janjallar vaznning ortib ketishiga sabab bo‘luvchi omillardan biri, deb baholadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, oilaviy janjallar grelin ochlik gormoni miqdorini keskin oshirib yuboradi. Bunday paytda odam biror taom, xususan, kalloriyali ovqat yeyishni istaydi. Natijada, ortiqcha vazn muammosi yuzaga keladi.

“Er-xotin qanchalik ko‘p urishsa, ochlik hissi shunchalik kuchli bo‘ladi. Ya'ni asabiy oilaviy hayot vaznga juda yomon ta'sir qiladi”, deb yozadi “7X7” gazetasi.

Ko‘proq yangiliklar: