Immersion kompaniyasi o‘z patentlarini buzganligi uchun Apple’ni sudga berdi

Fan-texnika 18:25 / 12.02.2016 2461

Immersion kompaniyasi Apple’ni patentlarni buzganlikda aybladi. Bu haqda Re/code xabar bermoqda.

Shikoyatda Apple’ning 3D Touch va Force Touch texnologiyasi ekranga tegilganda qurilmaganing javob qaytarishi ko‘zda tutilganligi sababli Immersion kompaniyasining patentini buzganligi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Immersion kompaniyasi 1993 yilda tuzilgan va tibbiyot, o‘yin va elektronika qurilmalarida ishlatiladigan taktil texnologiyalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq sud Apple’ga VirnetX kompaniyasining patentini buzganligi uchun 626 mln jarima tayinlagan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: