Uch hatlab va uzunlikka sakrash bahsida Andrey Reznichenko va Valeriya Pak, yoshlardan esa Dmitriy Sorokin hamda Anna Bogdanova birinchi o‘rinni egalladi. Langar cho‘pga tayanib sakrashda Barhayot Akbarov oltin medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.
Yadro uloqtirish bo‘yicha Sergey Dementev, Andrey Retunskiy, Farida Hakimova, Vera Kovalkova chempion bo‘lgan bo‘lsa, yetti kurashda Ulug‘bek Egamberdiyev shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.