Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi ijrochi direktori Ed Vudvord katta jamoalar nima sababdan xuddi «Lester» kabi arzon-garov futbolchilar bilan natija qayd eta olmasligini tushuntirib o‘tdi.
«Lester» — bu mavsumda har qanday jamoa uchun namuna. Shunchaki ba'zi jamoalar yangi futbolchilarni sotib olishadi va ular yulduz bo‘lib yetishishi uchun bir necha yil poylashadi.
Boshqa jamoalar esa jahon darajasidagi futbolchilarni sotib olishga e'tibor qaratadi va shunga yarasha o‘sha yildayoq undan natija keltirishini kutishadi. Bu butunlay boshqa bozor», — deya gapirib o‘tgan Vudvord.