Bashar Asad butun Suriya bo‘ylab nazoratni qaytarib olishga va'da berdi

Jahon 23:51 / 12.02.2016 8277

Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatning butun hududi bo‘ylab nazoratni qaytarib olishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Asadning aytishicha, mamlakat qurolli kuchlari davlatning butun hududini jangarilardan "hech qanday ikkilanishsiz" ozod qilishga urinib ko‘rishlari mumkin edi, biroq urushga mintaqadagi yetakchi davlatlar aralashdi. "Endi vaziyatni tartibga solish uzoq vaqt oladi va bu uchun katta haq to‘lashimizga to‘g‘ri keladi", deb qo‘shimcha qildi Asad. Asad terrorchilik bilan tinchlik jarayonida ham kurashishni to‘xtatmaslikka va'da berdi.

Bir haftadan keyin rasmiy Damashq va muholifat vakillari o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda. Biroq bu Rossiya harbiy-koinot kuchlariga taalluqli bo‘lmaydi, chunki Moskvada ta'kidlanishicha, Rossiya Suriyada muholifat bilan emas, balki IShID va "Jibhad an-Nusra" terrorchilik guruhlari bilangina kurashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: