Italiyaning «Sampdoriya» klubi futbolchisi Antonio Kassano kimni dunyoning eng kuchli futbolchisi deb hisoblashi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
–Kumiringiz kim bo‘lgan?
– Maradona, axir u Italiyanig janubiy qismida o‘ynagan... Ammo hozirgi kunda dunyoning eng kuchli futbolchisi deb «Barselona»ning amaldagi «o‘nligi»ni aytaman. Boshqa hech kim. U dunyoning birinchi raqamli futbolchisi. Ikkinchi raqamli futbolchi esa yo‘q. Uchinchi va to‘rtinchi raqamlilar bor... Men butun futbol tarixini nazarda tutib aytmoqdaman!
– Messi Maradonadan kuchlimi?
– Beshta «Oltin to‘p» va 26-28 sovrinlar. Hozir Maradona to‘p surgan vaqtdagidan ko‘ra futbol o‘ynash qiyinroq. Asosiy e'tibor jismoniy kurashlarga qaratilmoqda.
–Messi va Ronaldu o‘rtasidagi raqobat haqida nima deya olasiz?
– Krishtianu – bu Nadal, Messi – Federer. Nadal – fenomen, ammo u formasi yo‘qota boshlagach, yutishni to‘xtatib qo‘ydi. Federer esa 35 yoshda va hamon o‘zining iqtidori bilan yuqori o‘rinlarda e'tirof etilmoqda. Hozir Krishtianu Messiga yaqinroq darajada, ammo 2-3 yildan keyin u hammasini boy beradi. Messi esa 36-37 yoshigacha shunday o‘ynaydi, – deya takidlab o‘tgan Kassano.