Aktyor Tolib Mo‘minov rejisyorlar ortidan chopmaydi

Jamiyat 10:09 / 12.02.2016 6831

Aktyor Tolib Mo‘minov “7X7” nashriga bergan intervyusida ba'zilarga o‘xshab rol uchun rejissyorlar ortida yugurib yurish odati yo‘q ekanini aytdi. “Qaysidir jihatim yoqsa, taklif qilishadi, o‘ynayman, nasib etmagan bo‘lsa, ming harakat qilmang, bo‘lmaydi”, deya fikr bildirgan.

Shuningdek, otasi, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minovning Oybekning “Qutlug‘ qon” asaridagi Yo‘lchi obrazi talqini unga ko‘proq ma'qul kelishini aytgan.

Suhbat chog‘ida manmanlik odati yo‘qligi, kamtarligi va bu buvisining tarbiyasi ta'siri ekanini ta'kidlab, “hozir bir-ikta rol o‘ynab yo qo‘shiq aytib, o‘zgarib ketadigan yoshlar ko‘p”ligini qo‘shimcha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: